“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK BIOLOGIYA MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHDA KOUCHING METODIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
FarDU Tabiiy fanlar fakulteti o'qituvchisi, mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak biologiya mutaxassislarini tayyorlashda zamonaviy kouching metodologiyasidan foydalanishning pedagogik va psixologik afzalliklari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Biologiya ta'limida an'anaviy reproduktiv o'qitish usullaridan voz kechib, talabalarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda kouching (xususan, GROW modeli) yondashuvining o'rni eksperimental hamda nazariy dalillar bilan yoritilgan. Tadqiqot natijalari kouching metodining talabalarda fanga bo'lgan ichki motivatsiyani oshirish, amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasini yuksaltirishdagi yuqori samaradorligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: biologiya ta'limi, kouching yondashuvi, GROW modeli, kasbiy kompetensiya, ichki motivatsiya, pedagogik mahorat, interaktiv metodlar, refleksiv fikrlash.