ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

MAXSUS MAKTABLAR VA SPORT TO‘GARAKLARI SHAROITIDA O‘QUVCHI QIZLARNING KOORDINATSION QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI

Xaydarov, Boxodirjon Yursinboyevich

FarDU Sport faoliyati fakulteti ko'pkurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o'qituvchisi

2026-06-26 · pp. 553–557 · DOI: 10.5281/zenodo.21741941 · UDK 37

Annotatsiya

Mazkur tezisda maxsus sport maktablari, umumta'lim muassasalari va maktabdan tashqari sport to'garaklari faoliyati misolida o'quvchi qizlarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta'lim muassasasi tipi, hududiy sharoit (qishloq va shahar), shuningdek, jins va ijtimoiy omillarning jismoniy tarbiya samaradorligiga ta'siri o'rganilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida maxsus maktablar va to'garaklar orqali koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali mexanizmlari aniqlangan.

Kalit so'zlar: koordinatsion qobiliyatlar, jismoniy tarbiya, qishloq maktablari, o'quvchi qizlar, sport to'garaklari, multisport, gender omillari.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi