“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
PORTRET RANGTASVIR ONA OBRAZI ORQALI MILLIY O‘ZBEK QADRIYATLARINI SHAKLLANTIRISH VA TA’LIM TIZIMIDA QO‘LLASH YO‘LLARI
FarDU.“Tasviriy san'at” kafedrasi dotsenti, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Ijodkorlar uyushmasi a'zosi
Annotatsiya
Mazkur maqolada ona obrazi orqali o'zbek milliy qadriyatlarini shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinadi. Ona, farzand va nabira obrazlarining avlodlar davomiyligi, xotira va qadrlash madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni yoritiladi. Shuningdek, ona obrazini tasviriy san'at, adabiyot, tarbiyaviy mashg'ulotlar va raqamli pedagogika vositalari orqali ta'lim tizimiga integratsiya qilish yo'llari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ona obrazi yoshlarning milliy o'zligini anglash, oilaviy qadriyatlarga hurmat va ma'naviy barqarorlikni shakllantirishda samarali pedagogik vosita ekanligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: ona obrazi, milliy qadriyatlar, ma'naviy tarbiya, xotira, qadrlash, oila, farzand, nabira, tasviriy san'at, pedagogika.