“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SIMULYATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH: TALABALARNING KASBIY MAHORATINI OSHIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVI
Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Annotatsiya
Ushbu tezisda tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining “Pediatriya ishi” yo'nalishi talabalariga ingliz tilini o'qitishda simulyatsion texnologiyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari va amaliy samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot Farg'ona, Andijon va Namangan tibbiyot institutlarining 348 nafar talabasi ishtirokida o'tkazildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, simulyatsion metodlar (OSCE stansiyalari, standartlashtirilgan bemor, virtual reallik) asosida o'qitilgan tajriba guruhi talabalarining kasbiy-kommunikativ o'zlashtirish ko'rsatkichi an'anaviy guruhga nisbatan 13,3% ga yuqori bo'ldi. Xulosa o'rnida ta'kidlanadiki, ingliz tilini simulyatsion texnologiyalar vositasida o'qitish bo'lajak shifokorlarning xalqaro tibbiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishini ta'minlovchi eng maqbul innovatsion yondashuv hisoblanadi.
Kalit so'zlar: tibbiy ta'lim, kasbiy ingliz tili, simulyatsion texnologiyalar, kommunikativ kompetensiya, standartlashtirilgan bemor, OSCE, pediatriya.