“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
“INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA” FANIDA DASTURIY-METODIK TA’MINOTNING KOMPONENTLARI
Farg'ona davlat texnika universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada “Inklyuziv ta'lim. Gospital pedagogika” fani uchun yaratilgan dasturiy- metodik ta'minotning asosiy komponentlari tahlil qilingan. Jumladan, o'quv-metodik materiallar, elektron ta'lim resurslari, interaktiv topshiriqlar, raqamli baholash vositalari, adaptiv ta'lim texnologiyalari hamda pedagogik diagnostika elementlarining mazmuni va vazifalari yoritilgan. Dasturiy-metodik ta'minotning talabalarda inklyuziv ta'lim sohasiga oid kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, gospital ta'lim muhitida pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish va raqamli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslangan. Shuningdek, ta'lim jarayonida integrativ, adaptiv va kommunikativ yondashuvlarni amalga oshirish imkoniyatlari ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, gospital pedagogika, dasturiy-metodik ta'minot, kommunikativ- kollaborativ, monitoring-diagnostik, raqamli texnologiyalar