“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MAQOM SAN’ATI VA UNING SAN’AT VA MADANIYAT TA’LIM TIZIMIDAGI O‘RNI
Farg'ona davlat universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshaliyev Dilshodjon Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O'zbekiston mumtoz musiqa merosining muhim tarkibiy qismi bo'lgan maqom san'atiga bag'ishlangan. Unda “Shashmaqom” turkumining shakllanish tarixi, tuzilishi, ijro xususiyatlari hamda musiqiy nazariy asoslari atroflicha yoritilgan. Xususan, maqomlarning cholg'u (“Mushkilot”) va ashula (“Nasr”) bo'limlariga bo'linishi, ularning lad, vazn va shakl birligi, shuningdek, “xona” va “bozgo'y” kabi kompozitsion elementlar orqali rivojlanish prinsiplari tahlil qilinadi. Shuningdek, matnda “Shashmaqom”ning Buxoro an'anasidan tashqari, Xorazm maqomlari hamda Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari kabi mintaqaviy tarmoqlari ham ko'rib chiqiladi; ularning o'ziga xos ijro uslublari, asboblar tarkibi va she'riy manbalari (Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Mashrab va boshqalar) asosida farqli jihatlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: maqom, shashmaqom, xona, bozgo'y, ashula, an'ana, san'at, ustoz, shogird.