ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

MASHHUR O‘ZBEK KOMPOZITORLARI VA ULARNING IJODIY FAOLIYATI

Mirmaxmudov, Oyatillo Orifjon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti talabasi

2026-06-26 · pp. 463–465 · DOI: 10.5281/zenodo.21741873 · UDK 78

Annotatsiya

Ushbu maqolada XX asr O'zbekiston musiqa san'atining rivojlanish yo'nalishlarini, ayniqsa professional kompozitorlik maktabining shakllanish bosqichlarini yoritadi. Unda Mutal Burhonov, Muxtor Ashrafiy, Sulaymon Yudakov va To'lqin Qurbonov singari yetuk kompozitorlarning ijodiy merosi tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor milliy an'analarni zamonaviy kompozitorlik uslublari bilan uyg'unlashtirishga qaratilgan bo'lib, bu jarayon simfoniya, opera, uvertyura va kamer janrlarda turli usullarda (kuyni garmoniyalash, qayta ishlash, iqtibos keltirish, original mavzu yaratish) amalga oshirilgan. Ayniqsa, T.Qurbonov polifonik va fugali shakllarni o'zbek musiqasiga olib kirganligi, M.Burhonovning “Alisher Navoiy” operasi va M.Ashrafiyning “Bo'ron” operasi milliy teatr sanatining yutug'i sifatida baholanadi. Xulosa sifatida, XX asr mobaynida O'zbekistonda o'ziga xos milliy uslub, g'oyaviy-badiiy jihatdan boy va jahon musiqa madaniyati bilan dialogga layoqatli kompozitorlik maktabi vujudga kelganligi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: Kalit so 'zlar: Milliy musiqa, opera, teatr, balet, kompozitor, vokal, simfoniya, fuga, janr.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi