“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AAN’ANAVIY IJROCHILIK SAN’ATINING TA’LIM TIZIMIIDAGI HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada o'zbek an'anaviy musiqa san'atining bugungi kundagi rivojlanish jarayonlari, xonandalik, sozandalik va bastakorlik yo'nalishlaridagi o'zgarishlar hamda ularning milliy musiqa merosini saqlash va boyitishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, o'tmish va zamonaviy ijrochilik maktablari, mumtoz musiqa an'analarining davomiyligi, yosh avlodning milliy musiqa san'atiga qiziqishi va bastakorlik ijodining dolzarb masalalari yoritilgan. Muallif tomonidan an'anaviy musiqa san'atini rivojlantirish, musiqiy merosni zamonaviy talqin etish hamda milliy musiqani xalqaro miqyosda targ'ib qilish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar: an'anaviy musiqa, maqom san'ati, mumtoz musiqa, xonandalik, sozandalik, bastakorlik, musiqiy meros, ijrochilik an'analari, milliy madaniyat, yosh ijrochilar, musiqiy tafakkur