ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ENIGMATIK MATNLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI: NAZARIY-SEMANTIK TAHLIL

Ibroximova, Xilola To'xtasinjon qizi

Namangan davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 451–456 · DOI: 10.5281/zenodo.21741865 · UDK 81

Annotatsiya

Ushbu maqola enigmatik matnlarning lingvistik xususiyatlarini nazariy-semantik nuqtai nazardan tahlil qilishga bag'ishlangan. Enigmatik matnlar til tizimida yashirin ma'no hosil qilishning murakkab shakli sifatida qaraladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi enigmatik matnlarda ma'no hosil bo'lishining o'ziga xos jihatlarini aniqlash hamda ularning yashirin semantik qatlamlarini ilmiy asosda izohlashdan iborat. Maqolada enigmatik matn tushunchasining lingvistik mohiyati ochib berilib, uning ko'p qatlamli ma'no tuzilmasi, implitsit semantik komponentlari va kontekstual bog'liqligi yoritiladi. Maqolada nazariy tahlil, semantik interpretatsiya hamda konseptual yondashuv usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, enigmatik matnlarda ma'no yuzaga kelishi bevosita til birliklarining yashirin imkoniyatlari, assotsiativ bog'lanishlar va sharoit bilan chambarchas bog'liq.

Kalit so'zlar: enigmatik matn, lingvistik xususiyatlar, nazariy-semantik tahlil, implitsit ma'no, semantik struktura, diskurs tahlili, interpretatsiya, matn lingvistikasi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi