ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING GERMENEVTIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Nazirova, Shaxnoza

Farg'ona davlat universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) ixtisosligi II bosqich doktoranti

2026-06-26 · pp. 448–450 · DOI: 10.5281/zenodo.21741862 · UDK 373.3

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining germenevtik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, talabalarning interpretatsion faoliyatini sub'ekt- sub'ekt munosabatlari asosida tashkil etish mexanizmlari yoritilgan. Yangi avlod "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklari materiallari misolida matnni dekodlash, muammoli-germenevtik topshiriqlar tizimini joriy etish va fanlararo integratsiyani ta'minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot yakunida talabalar germenevtik kompetensiyasining rivojlanish mezonlari (avtonomlik, tolerantlik, metodik tayyorgarlik) asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: germenevtika, interpretatsion faoliyat, sub'ekt-sub'ekt, ona tili va o'qish savodxonligi, dekodlash, germenevtik doira, media-germenevtika, pedagogik shart-sharoit.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi