ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

TARIXIY MANBALARDA QO‘LLANILGAN NUMERATIV BIRLIKLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Xamidova, Vazira Salohitdin qizi

Tayanch doktorant, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O‘zbekiston

2026-06-26 · pp. 71–75 · DOI: 10.5281/zenodo.21740885 · UDK 94

Annotatsiya

Mazkur maqolada tarixiy manbalarda uchraydigan numerativ birliklarning semantik xususiyatlari va ularning o‘zbek tili taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda qadimgi turkiy va eski o‘zbek yozma manbalarida qo‘llangan og‘irlik, uzunlik, hajm, jamlik hamda ulush ma’nolarini ifodalovchi hisob so‘zlarning vazifalari yoritilgan. Batman, ratl, arshin, qari, quloch, jom, avuch kabi numerativlarning qo‘llanish sohasi va tarixiy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ayrim birliklarning hozirgi o‘zbek tilida saqlanishi, arxaiklashuvi va semantik o‘zgarish jarayonlari ochib berilgan. Numerativlar xalqning moddiy madaniyati, xo‘jalik faoliyati hamda tarixiy dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatida baholangan.

Kalit so'zlar: numerativ, hisob so‘zlar, tarixiy manbalar, o‘zbek tili, semantik xususiyat, o‘lchov birliklari, arxaik birliklar, til taraqqiyoti.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi