“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
PEDAGOGIK JARAYONDA MAVJUD YONDASHUVLAR ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING TAYYORLIGINI TAHLIL QILISH
FarDU Mustaqil izlanuvchisi, Koreya Xalqaro universiteti o'qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada pedagogik jarayonda qo'llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar asosida bo'lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash masalalari tahlil qilingan. Kompetensiyaviy, shaxsga yo'naltirilgan, faoliyatli, integrativ va innovatsion yondashuvlarning mazmun-mohiyati yoritilib, ularning bo'lajak tarbiyachilar kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdagi o'rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan. Tadqiqot davomida pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari, zamonaviy ta'lim talablaridan kelib chiqib, tahlil qilingan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: pedagogik jarayon, bo'lajak tarbiyachi, kasbiy tayyorgarlik, kompetensiya, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, innovatsion yondashuv, integrativ ta'lim, pedagogik kompetentlik.