“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA IJODIY VA AMALIY FAOLIYAT USULLARI
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada musiqa ta'limi jarayonida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va amaliy faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari yoritilgan. Musiqa darslarida qo'llaniladigan ijodiy va amaliy faoliyat usullarining mazmun-mohiyati, ularning o'quvchilarning musiqiy tafakkuri, estetik didi va ijrochilik kompetensiyalarini shakllantirishdagi o'rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida musiqa mashg'ulotlarini tashkil etishning samarali yo'llari ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: musiqa ta'limi, musiqa darsi, ijodiy faoliyat, amaliy faoliyat, musiqiy tafakkur, ijrochilik mahorati, musiqiy qobiliyat, pedagogik texnologiyalar, estetik tarbiya.