“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ZAMONAVIY TA’LIM SHAROITIDA O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK VA IJTIMOIY MAS’ULIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim sharoitida o'quvchilarning ekologik va ijtimoiy mas'uliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari hamda metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Ekologik madaniyat va ijtimoiy mas'uliyatning shaxs kamolotidagi o'rni yoritilib, kompetensiyaviy yondashuv, loyiha asosida o'qitish, muammoli ta'lim, xizmat faoliyatiga asoslangan ta'lim (Service Learning) hamda raqamli texnologiyalarning ushbu jarayondagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida o'quvchilarda ekologik ong, fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faollikni shakllantirishga qaratilgan metodik model taklif etiladi.
Kalit so'zlar: ekologik ta'lim, ijtimoiy mas'uliyat, ekologik madaniyat, kompetensiyaviy yondashuv, loyiha metodi, Service Learning, barqaror rivojlanish, ekologik ong.