“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARINING GENDER MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA TAMOYILLAR
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining gender madaniyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari, mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda metodik yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy til ta'limi jarayonida gender yondashuvni integratsiyalash, interaktiv metodlardan foydalanish va talabalarning gender kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari bo'lajak o'qituvchilarda gender tengligi, tolerantlik, madaniyatlararo muloqot va kasbiy refleksiya ko'nikmalarini shakllantirish muhimligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: gender madaniyati, xorijiy til ta'limi, bo'lajak o'qituvchi, gender kompetentligi, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, madaniyatlararo kompetensiya.