“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARINING KOGNITIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMOLI VAZIYATLAR VA AXBOROT TAHLILI
Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada bo'lajak o'qituvchilarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishning mazmuni, mohiyati va tarkibiy qismlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Zamonaviy ta'lim paradigmalari doirasida bo'lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida mustaqil fikrlash, axborotlarni chuqur tahlil qilish hamda qayta ishlash malakalarini shakllantirishning ahamiyati tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada kutilmagan va muammoli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish ko'nikmalarining pedagogik faoliyatdagi markaziy o'rni asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: bo'lajak o'qituvchi, kognitiv kompetentlik, bilish faoliyati, kasbiy tayyorgarlik, mustaqil fikrlash, pedagogik ta'lim, axborot tahlili.