ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

SPEAK PAL ILOVASINING ILOVADAN FOYDALANUVCHILAR MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENTLIGIGA TA’SIRINI O‘RGANISH

Nazarmatova, Yorqinoy MAxmudaliyevna

Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti

2026-06-26 · pp. 380–386 · DOI: 10.5281/zenodo.21741801 · UDK 37

Annotatsiya

Bugungi kunda smartfonlar insonlar hayotida nafaqat aloqa vositasi sifatida, balki turli sohalarda keng qo'llanilayotgan ko'p funksiyali texnologik qurilmaga aylandi. Xususan, smartfonlardan ta'lim jarayonida foydalanish, o'qitish va o'rganish samaradorligini oshirish, shuningdek, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishning eng zamonaviy va istiqbolli yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. So'nggi mobil texnologiyalar yordamida barcha soha vakillari xususan, olimlar, talabalar, ishbilarmonlar hamda til o'rganishga ehtiyoj sezuvchi shaxslar ingliz tilini o'rganishga hamda o'z ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qilmoqda. Mobil ilovalar yordamida til o'rganish o'z nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirish istagida bo'lganlarga butun dunyo bo'ylab ayni shunday intilishdagi odamlar bilan ingliz tilida muloqot qilish imkonini beruvchi Speak Pal, Tandem, Hallo, Speak English, byTalk kabi ko'plab ilovalarni taklif etadi. Ushbu tadqiqot Speak Pal ilovasida ingliz tilida so'zlashish amaliyoti foydalanuvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, madaniyatlararo xabardorligi, bilimi va sezgirligining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatish- ko'rsatmasligini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotga Speak Pal platformasidan faol foydalanadigan 120 nafar turli ta'lim yo'nalishlarida tahsil oladigan, ingliz tilini B1, B2 va C1 darajasida biladigan talabalar jalb etildi. Ushbu tadqiqotda so'rovnoma usulidan foydalanildi. Tadqiqot davomida ma'lumotlar ochiq savollar yordamida to'plandi. Olingan natijalar “Speak Pal” ilovasining foydalanuvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, madaniyatlararo xabardorlik, bilim hamda sezgirlikni oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatishini tasdiqladi.

Kalit so'zlar: Mobil ilovalar orqali til o'rganish, nutq mahorati, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, Speak Pal ilovasi, texnologiyalar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi