ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA PEDAGOGIK MAHORATNI RIVOJLANTIRISH

Choriyev, Olmosbek Baxriddin o'g'li

Andijon davlat universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti,

2026-06-26 · pp. 373–376 · DOI: 10.5281/zenodo.21741797 · UDK 37

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli ta'lim muhitida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda sun'iy intellekt vositalarining ta'lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari, xususan, o'quv materiallarini individualizatsiya qilish, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish hamda talabalar mustaqil faoliyatini qo'llab-quvvatlashdagi o'rni tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli ta'lim muhitida sun'iy intellekt asosida tashkil etilgan o'quv jarayonining bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga ta'siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada pedagogik mahoratni rivojlantirishda interaktiv, adaptiv va intellektual tizimlardan samarali foydalanish bo'yicha metodik tavsiyalar ham keltirilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta'lim tizimidagi ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: raqamli ta'lim muhiti, sun'iy intellekt, pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya, adaptiv ta'lim, o'qituvchi tayyorlash.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi