“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING LEKSIKOGRAFIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TADQIQOTLAR TAHLILI
Farg'ona davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining leksikografik kompetentligini rivojlantirish masalalari hamda bu boradagi xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Lug'atlar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, o'quvchilarning so'z boyligini oshirish va mustaqil ta'lim faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Finlandiya ta'lim tizimlarida qo'llanilayotgan ilg'or tajribalar tahlil qilinib, ulardan milliy ta'lim amaliyotida foydalanish imkoniyatlari ko'rsatib beriladi.
Kalit so'zlar: leksikografiya, leksikografik kompetentlik, boshlang'ich ta'lim, lug'at, so'z boyligi, xorijiy tajriba, ta'lim texnologiyalari.