“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA FIGURALAR INTEGRATSIYASI
FarDU boshlang' ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim jarayonida geometrik figuralarni integratsiyalashgan yondashuv asosida o'qitishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. O'quvchilarda geometrik tasavvurlarni shakllantirish, figuralarning asosiy xususiyatlarini anglash, ularni taqqoslash, tasniflash va guruhlash ko'nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, geometrik figuralarni matematika, tasviriy san'at, mehnat ta'limi va boshqa fanlar bilan integratsiyalash orqali o'quvchilarning fazoviy tafakkuri, mantiqiy fikrlashi hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: figura, integratsiya, geometrik tasavvur, shakl, tasniflash, guruhlash, fazoviy tafakkur, boshlang'ich ta'lim, fanlararo bog'liqlik, mantiqiy fikrlash.