“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI FANLARARO BOG‘LIQLIK ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHGA O‘RGATISH USULLARI
FarDU boshlang' ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini fanlararo bog'liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga tayyorlashning samarali usullari tahlil qilingan. Integratsiyalashgan yondashuv o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, fanlararo aloqalarni anglash hamda olingan bilimlarni amaliy hayotiy vaziyatlarda qo'llash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar, amaliy mashg'ulotlar va reflektiv tahlil metodlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, integratsiyalashgan ta'limni tashkil etish orqali ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: integratsiyalashgan ta'lim, fanlararo bog'liqlik, boshlang'ich ta'lim, bo'lajak o'qituvchi, innovatsion metodlar, reflektiv tahlil, kasbiy kompetensiya.