“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TALIS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI TAHLILI
Farg'ona davlat universiteti 2-kurs tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada TALIS (Teaching and Learning International Survey) xalqaro baholash dasturi asosida o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning xorijiy tajribalari ilmiy-nazariy va qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Finlyandiya, Singapur, Kanada, Avstraliya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarda pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta'minlash mexanizmlari, mentorlik tizimi, professional o'quv hamjamiyatlari hamda raqamli kompetentlikni rivojlantirish amaliyotlari o'rganildi. Shuningdek, TALIS natijalarining o'qituvchilar kasbiy faoliyatini baholash va ta'lim sifatini oshirishdagi o'rni yoritildi. Tadqiqot natijalari asosida O'zbekiston ta'lim tizimida pedagoglarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar: TALIS, kasbiy kompetentlik, o'qituvchi, uzluksiz kasbiy rivojlanish, mentorlik, professional hamjamiyat, raqamli kompetentlik, pedagogik innovatsiya, ta'lim sifati, xorijiy tajriba.