“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING TASVIRIY FAOLIYATGA TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Xalqaro Nordik universiteti katta o'qituvchisi, mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo'lajak tarbiyachilarning tasviriy faoliyat jarayonida tasviriy idrokini rivojlantirishning metodik asoslari yoritilgan.Metodika idrok, tahlil, tasvirlash va modellashtirish bosqichlari asosida tashkil etilib, talabalarda shakl, hajm, nisbat, fazoviy joylashuv hamda dekorativ elementlarni anglash ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar bo'lajak tarbiyachilarning vizual idroki, fazoviy tafakkuri va tasviriy faoliyatga amaliy tayyorgarligini takomillashtirishning samarali vositasi sifatida asoslangan.
Kalit so'zlar: Tasviriy idrok, tasviriy faoliyat, raqamli texnologiyalar, 3D model, mobil ilova, xalq amaliy san'ati, vizual idrok, fazoviy tafakkur.