“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARALI MEXANIZMLARI
Qo'qon DU tayanch doktoranti (PhD)
Annotatsiya
Globallashuv jarayoni barcha sohalarda bo'lgani kabi boshlang'ich ta'limni tashkil qilishda zamonaviy axborot muhitiga xos jihatlarni inobatga olish zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda. O'quvchilarni ijtimoiy borliq bilan faol tanishtirish uchun “O'qish” darslari samaradorligini oshirishga nisbatan muayyan talablarni qo'ymoqda. Mazkur talablarni inobatga olish o'quvchilarning savodxon bo'lishlari, borliqni anglay olishlari uchun zarur pedagogik sharoitni yaratib qolmay, balki ularni ijtimoiy munosabatlarga samarali tayyorlab, axborot muhitida to'g'ri faoliyat olib borishga o'rgatadi. Maqolada boshlang'ich sinf “O'qish” darslari samaradorligini oshirish mazmuni, tavsifi to'g'risida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, “O'qish” fani, “O'qish” darslari, samaradorlik, samaradorlikni oshirish, “O'qish” darslarining samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuv