“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
QO‘G‘IRCHOQ TIKISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNING O‘RNI
Qo'qon Davlat Universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada o'zbek milliy qo'g'irchoqchilik san'atining tarixiy ildizlari, qo'g'irchoq tikishda qo'llaniladigan an'anaviy va zamonaviy texnologiyalar, materiallar hamda estetik talablari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Milliy qo'g'irchoqlar xalqning madaniy merosi, urf-odatlari va estetik qarashlarini aks ettiruvchi muhim amaliy san'at turi sifatida yoritiladi. Shuningdek, qo'g'irchoq tikish jarayonining bosqichlari, texnologik ketma-ketligi va ta'lim jarayonidagi ahamiyati ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: milliy qo'g'irchoq, amaliy san'at, qo'g'irchoq tikish texnologiyasi, milliy libos, hunarmandchilik.