“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BIOLOGIYA YO‘NALISHI TALABALARIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR ORQALI SOG‘LOM TURMUSH TARZI KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Qo'qonDU dotsent v.b.
Annotatsiya
Ushbu maqolada biologiya yo'nalishi talabalarida sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirishda innovatsion pedagogik yondashuvlarning ahamiyati keng yoritilgan. Ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar, muammoli ta'lim hamda integrativ model asosida olib borilgan pedagogik faoliyat tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari talabalarning sog'lom hayotga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga o'zgartirishda innovatsion yondashuvlar muhim omil ekanligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: sog'lom turmush tarzi, innovatsion yondashuv, biologiya ta'limi, talaba, sog'liq madaniyati, raqamli texnologiyalar