“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JADIDCHILIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA MA’NAVIY-AXLOQIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktaranti
Annotatsiya
Maqolada jadidchilik pedagogikasining ma'naviy-axloqiy tarbiya sohasidagi ilmiy-nazariy salohiyati zamonaviy kompetensiyaviy ta'lim paradigmasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida jadid mutafakkirlarining pedagogik qarashlari asosida ma'naviy-axloqiy kompetentlikni rivojlantirishning innovatsion-pedagogik mexanizmlari aniqlanib, ularning oliy ta'lim tizimidagi pedagogik imkoniyatlari va amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tahlillar natijasida jadid pedagogikasida ilgari surilgan ma'rifatparvarlik, axloqiy tarbiya, vatanparvarlik, ijtimoiy mas'uliyat va mustaqil fikrlash tamoyillari bugungi kunda ma'naviy-axloqiy kompetentlikni shakllantirishning metodologik asosi bo'lib xizmat qilishi aniqlandi. Shuningdek, ma'naviy-axloqiy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion-pedagogik model taklif etildi.
Kalit so'zlar: jadidchilik pedagogikasi, ma'naviy-axloqiy kompetentlik, innovatsion ta'lim, kompetensiyaviy yondashuv, Abdulla Avloniy, jadidlar merosi, ma'rifatparvarlik.