“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “EZGULIK” KONSEPTINING LEKSIK IFODALANISHI
Andijon davlat universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillari lisoniy manzarasida “ezgulik” / “goodness” konseptining leksik-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy tahlil etilgan. Tadqiqotda konsept tushunchasining adabiy-estetik tabiatini yoritishda Izzat Sulton, Dilmurod Quronov kabi o‘zbek olimlari hamda A. Wierzbicka, D. Lixachev, V. Karasik kabi jahon tilshunoslarining nazariy qarashlariga tayanilgan. “Oxford English Dictionary” va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” materiallari, shuningdek, har ikki xalqning maqollari asosida ezgulik tushunchasining milliy-madaniy xususiyati va ichki ma’noviy farqlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: konsept, ezgulik, goodness, lingvokulturologiya, lisoniy manzara, estetik ideal, mentalitet, aksiologik komponent, pragmatizm, niyat. Abstract This article presents a comparative lexical, semantic, and linguacultural analysis of the concept of “ezgulik” / “goodness” within the Uzbek and English linguistic worldviews. To elucidate the literary and aesthetic nature of the concept, the study builds upon the theoretical frameworks of Uzbek scholars like Izzat Sulton and Dilmurod Quronov, as well as international linguists including A. Wierzbicka, D. Likhachev, and V. Karasik. Based on lexicographic data from the “Oxford English Dictionary” and the “Explanatory Dictionary of the Uzbek Language”, along with proverbial lore, the paper uncovers the national-cultural codes and underlying semantic divergences that define the perception of goodness in both societies. Keywords: concept, ezgulik, goodness, linguaculturology, linguistic worldview, aesthetic ideal, mentality, axiological component, pragmatism, intention.