“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIGA NAZARIY KURSLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Farg'ona Davlat Universiteti Tayanch doktaranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini kasbiy tayyorlash tizimida lingvistik nazariy fanlarni o'qitishning zamonaviy tendensiyalari va konseptual yondashuvlari tahlil qilinadi. Fundamental nazariy kurslarning (nazariy grammatika, leksikologiya, stilistika, til tarixi) bo'lajak mutaxassislarning lingvistik dunyoqarashini shakllantirishdagi didaktik salohiyati ochib beriladi. Tadqiqotda kompetensiyaviy, talaba markazli, konstruktivistik va tadqiqotga yo'naltirilgan (Research-Based Learning) ta'lim paradigmalari hamda raqamli lingvodidaktika vositalarining nazariy kurslar integratsiyasidagi o'rni asoslab berilgan. Maqola yakunida nazariy bilimlarni amaliy pedagogik faoliyatga transformatsiya qilish orqali talabalarning lingvometodik va tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli taklif etiladi.
Kalit so'zlar: nazariy fanlar, lingvodidaktika, kompetensiyaviy yondashuv, konstruktivizm, raqamli transformatsiya, tadqiqotga asoslangan ta'lim, kasbiy kompetensiya, bo'lajak ingliz tili