“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INTERAKTIV RAQAMLI DARSLIKLAR ORQALI BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KOGNITIV VA IJODIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) tadqiqotchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada interaktiv raqamli darsliklar asosida bo'lajak pedagoglarning kognitiv va ijodiy salohiyatini rivojlantirish metodikasi ilmiy jihatdan asoslangan va eksperimental tekshirishdan o'tkazilgan. Maqolada tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari, ishlab chiqilgan integrativ- raqamli yondashuv, tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va olingan natijalarning statistik tahlili yoritilgan. Tadqiqot Farg'ona davlat universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti va Guliston pedagogika universitetlarida 2022–2025 yillar davomida 282 nafar boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi ishtirokida amalga oshirildi.
Kalit so'zlar: interaktiv raqamli darslik, kognitiv salohiyat, ijodiy salohiyat, fanlararo integratsiya, bo'lajak pedagog, integrativ-raqamli yondashuv, Student t-kriteriyasi.