“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IQTISODIY TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGI.
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida iqtisodiy tasavvurlarni rivojlantirishda oila va maktab hamkorligining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. O'quvchilarda iqtisodiy bilim, ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirishda oiladagi iqtisodiy tarbiya hamda maktabda olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonining o'zaro bog'liqligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari oila va maktabning tizimli hamkorligi boshlang'ich sinf o'quvchilarining iqtisodiy tasavvurlarini boyitish hamda ularning iqtisodiy madaniyatini shakllantirishda muhim omil ekanligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy madaniyat oila, maktab, hamkorlik, moliyaviy savodxonlik, tejamkorlik, Cho'ntak puli (pocket money)