“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK MUSIQA MADANIYATI O‘QITUVCHILARIDA IJROCHILIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH ZARURATI VA UNING TARKIBIY KOMPONENTLARI
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti Qo'qon Universiteti Ta'lim kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada XXI asr global raqamli transformatsiya sharoitida bo'lajak musiqa madaniyati o'qituvchilarini tayyorlashda ijrochilik mahoratini shakllantirishning ahamiyati va dolzarb masalalari tahlil etilgan. Muallif an'anaviy musiqa pedagogikasi bilan zamonaviy raqamli texnologiyalarni (e-learning, Moodle, SPOC) integratsiyalash orqali o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish zaruriyatini ilmiy asoslab bergan. Xalqaro miqyosdagi ilg'or tadqiqotlar (L. Havrilova, S. Karkina, J. Davidova, D. Kovalev) qiyosiy tahlil qilingan holda, ijrochilik mahoratining tarkibiy komponentlari (texnik-instrumental, badiiy-interpretatsion, evristik- kreativ va refleksiv-kommunikativ) aniqlashtirilgan. Maqola yakunida oliy pedagogik ta'lim muassasalari uchun raqamli platformalar, milliy repertuar va elektron portfoliolar asosida ijrochilik kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: Musiqa madaniyati, ijrochilik mahorati, raqamli transformatsiya, pedagogik kompetensiya, musiqiy-ijrochilik kompetensiyasi, e-learning, Moodle platformasi, musiqiy ta'lim