ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA FANI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING MAVJUD HOLATI.

Turdikulova, Sevara Abdumo'minovna

Qo'qon davlat Universiteti doktaranti

2026-06-26 · pp. 120–123 · DOI: 10.5281/zenodo.21741621 · UDK 37

Annotatsiya

Zamonaviy ta'lim tizimida texnologiya fani o'quvchilarning texnik tafakkuri, kasbiy yo'nalganligi va amaliy faoliyatga tayyorgarligini shakllantiruvchi muhim fanlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Shu sababli bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash sifati pedagogik ta'lim samaradorligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada texnologik ta'lim yo'nalishida kadrlar tayyorlashning mavjud holati tahlil qilinib, oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan o'quv-metodik jarayonlarning mazmuni va samaradorligi o'rganildi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, so'nggi yillarda kompetensiyaviy yondashuv, STEAM texnologiyalari, raqamli ta'lim vositalari hamda innovatsion pedagogik metodlarni joriy etish bo'yicha muayyan natijalarga erishilgan bo'lsada, amaliy tayyorgarlikning ishlab chiqarish jarayonlari bilan integratsiyasi yetarli darajada ta'minlanmagan. Shuningdek, texnik-texnologik kompetensiyalarni shakllantirish, loyiha faoliyatini tashkil etish va raqamli texnologiyalardan foydalanish bo'yicha mavjud imkoniyatlar hamda muammolar yoritilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya ta'limi, bo'lajak o'qituvchi, kasbiy kompetensiya, texnik-texnologik kompetentlik, pedagogik tayyorgarlik, STEAM ta'limi, innovatsion faoliyat, raqamli texnologiyalar

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi