“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ADAPTIV JISMONIY TARBIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA OLIY TA’LIM TALABALARINING INDIVIDUAL RIVOJLANISH TRAEKTORIYASINI SHAKLLANTIRISH
Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi
Annotatsiya
Maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarining individual rivojlanish traektoriyasini shakllantirishda adaptiv jismoniy tarbiya texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda har bir talaba uchun individual yondashuv asosida jismoniy faollikni tashkil etish, uning funksional imkoniyatlarini hisobga olish hamda shaxsiy rivojlanish dinamikasini boshqarish masalalari yoritilgan. Shuningdek, adaptiv jismoniy tarbiya vositalarini qo'llash orqali talabalarning jismoniy, psixofizik va shaxsiy rivojlanishini ta'minlovchi model ishlab chiqilgan va tajriba-sinov natijalari asosida uning samaradorligi asoslangan.
Kalit so'zlar: adaptiv jismoniy tarbiya, individual rivojlanish traektoriyasi, talabalar, pedagogik texnologiya, jismoniy faollik, kompetensiya, shaxsiy rivojlanish.