“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINING TARKIBIY KOMPONENTLARI VA ULARNING XORIJIY TIL TA’LIMIDAGI AHAMIYATI
Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining tarkibiy komponentlari ilmiy-nazariy jihatdan keng tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu kompetensiyaning lingvistik, kommunikativ, sotsiokultural va pragmatik komponentlari o'zaro bog'liq tizim sifatida yoritilib, ularning xorijiy til ta'limidagi pedagogik ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, integrativ yondashuv asosida mazkur komponentlarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari va zamonaviy ta'lim jarayonidagi o'rni ko'rib chiqiladi. Maqola xalqaro pedagogik tadqiqotlar va kommunikativ kompetensiya nazariyalariga tayangan holda ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: madaniyatlararo muloqot, kompetensiya, integrativ yondashuv, xorijiy til ta'limi, lingvistik komponent, sotsiokultural kompetensiya, pragmatik kompetensiya, kommunikativ