“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Farg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida talabalarning raqamli savodxonligini rivojlantirish jarayonida uchrayotgan tizimli muammolar tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim tizimining rivojlanishi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni talab etadi. Tadqiqot davomida raqamli infratuzilma, pedagoglarning raqamli kompetensiyasi, o'quv-metodik ta'minot, axborot xavfsizligi va sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bilan bog'liq muammolar o'rganildi. Shuningdek, mazkur muammolarni bartaraf etishning ilmiy-amaliy yo'llari va istiqbolli yechimlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta'lim muassasalarida raqamli savodxonlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: raqamli savodxonlik, oliy ta'lim, sun'iy intellekt, raqamli kompetensiya, raqamli transformatsiya, axborot texnologiyalari, ta'lim sifati, pedagogik innovatsiyalar.