“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘ZBEK TILIDA MAZA-TA’M IFODALOVCHI SIFATLARNING YASALISH XUSUSIYATLARI
Farg‘ona davlat universiteti 2 - kurs doktoranti
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi maza-ta’m ifodalovchi sifatlarning yasalish xususiyatlari morfologik va semantik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda gustatorik leksikaning tarkibiy qismi hisoblangan shirin, achchiq, sho‘r, nordon, taxir va chuchuk kabi sifatlarning struktur xususiyatlari hamda ular asosida hosil bo‘lgan yasama birliklar tahlil qilinadi. Maqolada maza-ta’m ifodalovchi sifatlarning affiksatsiya, kompozitsiya va semantik derivatsiya usullari orqali yasalishi misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, ushbu sifatlarning metaforik va ko‘chma ma’nolarda qo‘llanishi, ularning emotsional-ekspressiv hamda baholovchi funksiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilidagi maza-ta’m ifodalovchi sifatlar tilning derivatsion imkoniyatlarini namoyon etuvchi muhim leksik-semantik qatlamlardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: maza-ta’m, gustatorik leksika, sifat, derivatsiya, affiksatsiya, semantik derivatsiya, kompozitsiya, metafora, semantik maydon, o‘zbek tili.