“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
YOZMA NUTQ KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRUVCHI MODELLAR: NAZARIY ASOSLAR VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Farg'ona davlat universiteti chet tillari kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada yozma nutq ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan asosiy pedagogik va lingvodidaktik modellar tahlil qilinadi. Xususan, mahsulga yo'naltirilgan, jarayonga yo'naltirilgan, janrga asoslangan, kognitiv hamda integrativ modellarining nazariy asoslari, afzalliklari va cheklovlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida yozma nutqni rivojlantirishda ushbu modellarning amaliy ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari yozma nutqni shakllantirishda integrativ yondashuvning samaradorligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: yozma nutq, yozish ko'nikmasi, kognitiv model, jarayonli yondashuv, janrga asoslangan yondashuv, lingvodidaktika, leksik kompetensiya.