“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
RAQAMLI TA’LIM MUHITI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MILLIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY METODIKASI
Qo'qon universiteti Ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli ta'lim muhitida bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarida milliy tarbiyani shakllantirishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Milliy tarbiyaning tarkibiy komponentlari, uning zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan integratsiyasi hamda raqamli texnologiyalarning tarbiyaviy jarayondagi o'rni yoritilgan. Tadqiqot natijalari raqamli ta'lim muhiti milliy qadriyatlarni shakllantirishda samarali vosita ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, ishlab chiqilgan metodika raqamli ta'lim muhiti sharoitida talabalarning milliy qadriyatlarga asoslangan kasbiy kompetentligini takomillashtirishga yordam beradi. Tadqiqot natijalaridan oliy pedagogik ta'lim amaliyotida hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda samarali foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar: milliy tarbiya, raqamli ta'lim muhiti, boshlang'ich ta'lim, pedagogik metodika, axloqiy tarbiya, raqamli texnologiyalar.