“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TALABALAR O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHINING ADAPTIV PEDAGOGIK TIZIMINI LOYIHALASH
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Matematika kafedrasi o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalarining o'z-o'zini intellektual va kasbiy rivojlantirish jarayonlarini sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida jadallashtirish masalalari tadqiq etilgan. Muallif tomonidan talabaning shaxsiy ehtiyojlari, o'zlashtirish sur'ati va kognitiv uslubiga moslashuvchi (adaptiv) pedagogik tizimning konseptual modeli taklif qilingan. Maqolada tizimni loyihalashning metodologik asoslari, uning tarkibiy qismlari va ta'lim sifatini oshirishdagi o'rni tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, adaptiv pedagogik tizim, o'z-o'zini rivojlantirish, oliy ta'lim, ta'limni personallashtirish, individual ta'lim traektoriyasi, o'quv analitikasi, raqamli pedagogika