“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
AKADEMIK LITSEY FIZIKA TA’LIMIDA FANLAR INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Farg'ona davlat universiteti akademik litseyi fizika fani o'qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda davomida akademik litseylarda fizika fanini o'qitishda fanlararo integratsiya jarayonini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Fanlararo integratsiya ta'lim berish davomida o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash hamda kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. Ilmiy-pedagogik manbalarni o'rganishlardan hulosa shuki, integratsiya nafaqat bilimlarni mustahkamlashga, balki ijodiy tafakkurni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: fanlararo integratsiya, fizika ta'limi, akademik litsey, innovatsion yondashuv, kompetensiya.