“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BIG DATA MUHITIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING AXBOROT-TAHLILIY KO‘NIKMALARINI SUN’IY INTELLEKT VOSITASIDA TAKOMILLASHTIRISH
Farg'ona davlat universiteti doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada global axborotlashuv va ta'limni raqamli transformatsiyalash sharoitida Big Data (Katta ma'lumotlar) muhitining pedagogik xususiyatlari tadqiq etiladi. Maqolada bo'lajak o'qituvchilarning axborot-tahliliy ko'nikmalarini sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida takomillashtirishning nazariy modeli va pedagogik qonuniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot doirasida o'qituvchi faoliyatini mexanik qog'ozbozlikdan "ma'lumotlarga asoslangan proaktiv ta'lim" (Data- driven education) darajasiga ko'tarish mexanizmlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Big Data (Katta ma'lumotlar), sun'iy intellekt, axborot-tahliliy ko'nikma, bo'lajak pedagog, 13.00.01 ixtisosligi, ta'lim tahlili (Learning Analytics), pedagogik tizim.