ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING LINGVO-KREATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SPEAKING DARSLARINING AHAMIYATI

Raximov, Xurshidjon Xursandjon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti, amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi

2026-06-26 · pp. 20–24 · DOI: 10.5281/zenodo.21741552 · UDK 37

Annotatsiya

Bugungi globallashuv va axborotlashuv sharoitida ingliz tili o'qituvchilaridan nafaqat yuqori darajadagi til kompetensiyasiga, balki ijodiy fikrlash va innovatsion pedagogik yondashuvlarga ham ega bo'lish talab etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, speaking (og'zaki nutq) darslari bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining lingvistik hamda kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqot speaking darslarining bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida lingvo-kreativ kompetensiyani shakllantirishdagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda aralash metodologiya (mixed-methods) qo'llanilib, 80 nafar pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalardan pre-test va post-test natijalari, kuzatuvlar, so'rovnomalar hamda yarim tuzilgan intervyular orqali ma'lumotlar yig'ildi. Tadqiqot natijalari speaking faoliyatlari talabalarning nutq ravonligi, lug'at boyligi, grammatik aniqligi va kommunikativ ishonchini sezilarli darajada oshirganligini ko'rsatdi.

Kalit so'zlar: speaking darslari, lingvistik kompetensiya, kreativ kompetensiya, lingvo-kreativ kompetensiya, bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari, kommunikativ kompetensiya, og'zaki nutq.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi