“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING LISONIY VA MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SPEAKING DARSLARINING AHAMIYATI
Fargona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Zamonaviy ta'lim tizimida ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi nafaqat nazariy bilimlar, balki samarali muloqot qilish va til vositalaridan amaliy foydalanish ko'nikmalarini ham qamrab oladi. Shu nuqtai nazardan, speaking darslari bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining lisoniy va muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim pedagogik vosita sifatida namoyon bo'ladi. Mazkur tadqiqotning maqsadi speaking darslarining bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida lisoniy va muloqot kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda aralash metodologik yondashuvdan foydalanilib, 80 nafar pedagogika yo'nalishi talabalari ishtirok etdi. Ma'lumotlar pre-test va post-test natijalari, kuzatuvlar, so'rovnomalar hamda yarim tuzilgan intervyular yordamida yig'ildi. Tadqiqot natijalari speaking faoliyatlari talabalarning nutq ravonligi, grammatik aniqligi, lug'at boyligi va talaffuz ko'nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirganligini ko'rsatdi.
Kalit so'zlar: speaking darslari, lisoniy kompetensiya, muloqot kompetensiyasi, kommunikativ yondashuv, og'zaki nutq, bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari, chet tilini o'qitish.