“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
TIBBIYOT TA’LIMIDA REFLEKSIV MADANIYAT VA UNING KOMPONENTLARI
PhD student, Fergana state university
Annotatsiya
Ushbu maqolada tibbiyot ta'limida refleksiv madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy komponentlari va bo'lajak shifokorlarning kasbiy shakllanishidagi o'rni ko'rib chiqiladi. Refleksiv madaniyat — bu shaxsning o'z faoliyatini ongli ravishda tahlil qilish, baholash va unga asoslanib o'zini takomillashtirish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Maqolada refleksiv madaniyatning kognitiv, motivatsion, kommunikativ va baholash komponentlari alohida tavsiflanib, ularning tibbiy ta'lim jarayonida rivojlantirilishi uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar muhokama qilingan.
Kalit so'zlar: refleksiv madaniyat, tibbiy ta'lim, refleksiya komponentlari, kasbiy kompetensiya, o'z-o'zini baholash