“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
FARGʻONA VODIYSI IQLIM SHAROITIDA QUYOSH PANELLARI ISHLASH SAMARADORLIGIGA TAʼSIR ETUVCHI ASOSIY OMILLARNING KOMPLEKS TAHLILI
Fargʻona davlat universiteti doktoranti
Fargʻona davlat universiteti magistranti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Fargʻona vodiysining oʻziga xos iqlim sharoitida (yuqori harorat, chang-qum intruziyalari va quyosh radiatsiyasi darajasi) fotoelektrik stansiyalar (FES) hamda quyosh panellarining ishlash samaradorligiga taʼsir etuvchi asosiy ekzogen va endogen omillar kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida quyosh panellari sirtida chang zarrachalarining choʻkishi, optik yutilish va tarqalish yoʻqotishlari hamda harorat gradientining volt-amper xarakteristikasiga (VAX) taʼsiri matematik modellashtirilgan. Adabiyot maʼlumotlari va Fargʻona vodiysi iqlim koʻrsatkichlari asosida fotoelektrik modullarning foydali ish koeffitsiyenti (FIK) pasayish qonuniyatlari tahlil qilingan. Chang qatlamining qalinligi va dispers tarkibiga qarab quyosh radiatsiyasining susayish darajasi baholangan hamda samaradorlikni oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: fotoelektrik modul, Fargʻona vodiysi iqlimi, chang qatlami, quyosh radiatsiyasi, harorat koeffitsiyenti, optik transmissiya, Mi nazariyasi, volt-amper xarakteristikasi, samaradorlik.