“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
YARIMOʻTKAZGICHLAR VA IOT (INTERNET OF THINGS): RAQAMLI DUNYO TARMOGʻINING RIVOJI
Fargʻona davlat universiteti tayanch doktaranti
Annotatsiya
Ushbu maqola, IoT (Internet of Things - Narsalar Interneti) tizimlarida yarimoʻtkazgichlarning rolini oʻrganadi. IoT qurilmalari uchun yarimoʻtkazgichlar energiya samaradorligini oshirish, maʼlumotlarni tezkor qayta ishlash va qurilmalar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada IoT tizimlarining asosiy komponentlari, yarimoʻtkazgichlarning ishlash prinsiplari va bu texnologiyalarning kelajakdagi rivoji tahlil qilinadi. IoT va yarimoʻtkazgichlarning oʻzaro bogʻliqligi, ularning zamonaviy texnologiyalardagi oʻrni va kelajak istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: Yarimoʻtkazgichlar, Internet of Things, IoT, tarmoq aloqalari, raqamli transformatsiya, energiya samaradorligi, sensorlar, maʼlumotlar uzatish, kommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi, mikroelektronika.