ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

FIZIKA TAʼLIMIDA DINAMIK TEST TIZIMINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI VA AMALIY AHAMIYATI

Qoraboyev, Xusniddin

Fargʻona davlat universiteti

2026-06-26 · pp. 101–109 · DOI: 10.5281/zenodo.21741489 · UDK 37

Annotatsiya

Mazkur maqolada fizika taʼlimida raqamli vizual-modellashtirish texnologiyalarining muhim tarkibiy qismi sifatida dinamik test tizimining didaktik imkoniyatlari va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Dinamik test tizimi anʼanaviy savollar bazasidan farqli ravishda masala shablonlari asosida har bir oʻquvchi uchun son qiymatlari, grafik koʻrinishlar, javob variantlari va yechim natijalarini avtomatik shakllantirish imkonini beradi. Maqolada ushbu texnologiyaning oʻquvchilar bilimini obyektiv baholash, individual taʼlimni tashkil etish, olimpiada topshiriqlari xavfsizligini oshirish, savollarning oldindan tarqalishi bilan bogʻliq muammolarni kamaytirish, shuningdek, Temurbeklar maktablari sharoitida fizika fanini chuqurlashtirib oʻqitishda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Dinamik generatsiyalanuvchi grafikli masalalar, virtual modellar, avtomatik javob hisoblash algoritmlari va test natijalarini tahlil qilish mexanizmlari fizika taʼlimining samaradorligini oshiruvchi muhim didaktik vosita sifatida asoslangan.

Kalit so'zlar: fizika taʼlimi, dinamik test tizimi, masala shabloni, raqamli vizual-modellashtirish, avtomatik generatsiya, grafikli masalalar, baholash obyektivligi, fan olimpiadasi, Temurbeklar maktablari

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi