ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

KADMIY TELLURIDGA OLTINGUGURT QOʻSHILGAN HOLDA p-n OʻTISH HOSIL QILISH VA UNING OPTIK XUSUSIYATLARI

Najmidinova, Dildoraxon Xalilovna

Fargʻona davlat universiteti

2026-06-26 · pp. 94–100 · DOI: 10.5281/zenodo.21741486 · UDK 53

Annotatsiya

Ushbu maqolada kadmiy tellurid (CdTe) asosida oltingugurt (S) qoʻshilgan holda p-n oʻtish hosil qilish jarayonlari hamda hosil boʻlgan tizimning optik xususiyatlari tahlil qilingan. CdTe yarimoʻtkazgichining energetik zona tuzilishi, yorugʻlikni yutish xususiyatlari, fotoelektrik effekt va kvant samaradorligi masalalari koʻrib chiqilgan. Oltingugurt qoʻshilishi natijasida zona kengligining ortishi, optik yutilish spektrining qisqa toʻlqinlar tomon siljishi, rekombinatsiya jarayonlarining kamayishi hamda fototokning ortishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari CdTe-S tizimining quyosh batareyalari, fotodetektorlar va optoelektron qurilmalarda samarali qoʻllanish imkoniyatlarini koʻrsatadi.

Kalit so'zlar: kadmiy tellurid, oltingugurt, p-n oʻtish, yarimoʻtkazgich, energetik zona, optik yutilish, fotoelektrik effekt, kvant samaradorligi, lyuminessensiya, quyosh batareyasi

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi