“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
SiGe VA SiSn QATTIQ QORISHMALARI FIZIK XOSSALARINING SHAKLLANISHIDA TARKIB VA MEXANIK ZOʻRIQISHNING AHAMIYATI
ADU
FarDU
Annotatsiya
Ushbu ishda varizon yarimoʻtkazgich Si1-xGex va Si1-xSnx qattiq qorishmalarining tuzilmaviy, energetik va optik xossalari zichlik funksional nazariyasi doirasida oʻrganildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, SiGe tizimi nisbatan barqaror boʻlib, panjara nomuvofiqligi kichikligi sababli keng tarkib oraligʻida bir jinsli qattiq qorishma hosil qiladi. Aksincha, SiSn tizimida atom radiuslari farqi kattaligi tufayli sezilarli mexanik kuchlanish yuzaga keladi va bu Sn ning yuqori konsentratsiyalarida faza ajralishiga olib keladi.
Kalit so'zlar: varizon yarimoʻtkazgich, qattiq qorishma, zichlik funksional nazariyasi, mexanik kuchlanish, panjara nomuvofiqligi